О компании

"Polymer master recycling" kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida kabel, quvur va boshqa elektr o‘rnatish mahsulotlari uchun mahkamlagichlar ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Kompaniyaning ustuvor yo'nalishi O'zbekiston Respublikasi hududida import qilinadigan mahsulotlarni o'rnini bosishdan iborat. Korxona import analoglaridan sifat jihatidan farq qilmaydigan yuqori sifatli mahsulotlarni maqbul (hamyonbob) narxlarda ishlab chiqarishga intiladi. Mahsulot ishlab chiqarishda korxona O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan xomashyoning 95 foizidan foydalansa, qolgan 5 foizi import qilinadi.